Xalqaro TMC instituti

TMC xalqaro instituti haqida:

Toshkentdagi TMC xalqaro instituti Singapurning TMC akademiyasining bir qismi hisoblanadi. Hozirgi paytda institut dunyoning 5 ta mamlakatida o‘z faoliyatini olib boradi va 40 yillik tarixga ega. O‘z faoliyati davomida ta’lim dargohi ISO 9001, sifat standarti, EduTrust va boshqa ta’lim sertifikatlari bilan taqdirlangan.

TMC instituti Toshkentda 2021-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda unda 5000 tadan ziyod talaba ta’lim olmoqda. Institut 5 ta xalqaro ta’lim dasturi, 4 ta milliy dasturni taqdim etadi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Xalqaro dasturlar

Xalqaro dasturlar Britaniya University of Northampton bilan hamkorlikda yaratilgan. Ushbu yo‘nalishlardan biriga kirgan talaba Britaniya ta’lim standartlari bo‘yicha ingliz tilida ta’lim va diplom oladi.

Xalqaro yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:

- IELTS 5.5/TMС – ichki imtihon

- Attestat/diplom

Milliy yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:

- DTM Sertifikat yoki ichki imtihon

- Attestat/diplom

Grant

TMC xalqaro dasturlar bo‘yicha 10 ta grant o‘rniga ega. 4 yillik bepul ta’lim olish uchun talabalardan quyidagilar talab etiladi:

1. Maktabni a’lo baholarga bitirgan bo‘lishi.

2. IELTS bo‘yicha 7.5 va undan yuqori ballga ega bo‘lishi, yoki ichki ingliz tili imtihonini topshirib, kamida 80% ball oling.

3. Institutning ilmiy komissiyasi bilan suhbatdan o‘tishi.

4. Berilgan mavzu bo‘yicha esse yozishi.

Stajirovka

Bundan tashqari, institut talabalarga Singapurda 6 oylik stajirovka yoki Swiss Hotel Management School (Shveysariya) va Work and Travel dasturini taklif etadi.

Institutni tugatgandan keyin bitiruvchilar Karyera markazi tomonidan ishga joylanadi va karyera sohasida qo‘llab-quvvatlanadi.

Yo'nalishlar:

BSc (Hons) Business & Management

BSc (Hons) International Accounting

BSc (Hons) International Logistics & Trade Finance

BSc (Hons) Computer Science

BSc (Hons) Tourism and Hospitality Management
Iqtisodiyot
Pedagogika va Psixologiya

Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim