Farg’ona Davlat Politexnika Instituti

Farg’ona Davlat Politexnika Instituti

Farg’ona Davlat Politexnika Instituti haqida:

Texnika sohasida bilimga ega bo‘laman degan insonlar uchun Farg’ona politexnika instituti muhandislik sohasida asosiy hamda xalqaro darajada bilim beradigan oliy taʼlim muassasalari- dan biriga aylandi. Oliygoh malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida nafaqat uzoq tarixiga ega, balki o‘z anʼana va qadriyatlariga ham egadir. Bugungi kunda ta’lim muassasamizda yuqori malakali pedagoglar jamoasi shakllantirilgan bo’lib, ularning safi 600 nafardan ortiq professor- o‘qituvchilarni tashkil qiladi. Ulardan 31 nafari fan-doktori, professorlar va 170 nafari fan- nomzodi, dotsentlardir. Institutda 15175 nafar talaba 2 smenada tahsil olmoqda.


Hujjat topshirish muddati

Qabul kvotalari bo‘yicha qabul 20-iyundan 20-iyulga qadar davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

●      Pasport/ID

●      Bitiruv attestati


Halqaro aloqalar:

Institut tomonidan mehanika, energetika, qurilish, kimyo va iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi Rossiya, Ukraina, Germaniya, AQSh, Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya singari davlatlarning nufuzli universitet va o'quv hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Hozirgi vaqtda universitet quyidagi xorijiy oliygoh va tashkilotlar bilan aloqa qilmoqda:

Janubiy Koreya

●      Gyeongsang National Universiteti (GNU)

Yaponiya

●      JICA (Japan International Cooperation Agency) agentligi


Yotoqxona va boshqa sharoyitlar:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500 o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi. Axborot resurs markazi soat 20:00 gacha, “Renessans xoll” soat 22:00 ga qadar faoliyat olib boradi. 5 ta TTJning har biri 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda yuvinish xonasi, dush, kir yuvish, dazmollash, quritish xonasi, 20 ta kir yuvish mashinasi, 40 ta dazmol va dazmollash stoli mavjud.