Toshkеnt farmatsеvtika instituti

Toshkеnt farmatsеvtika instituti

Toshkеnt farmatsеvtika instituti haqida:

O`zbеkiston Rеspublikasi Sog`liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug`i bilan 1937-yil 16-iyulda tashkil qilingan. Bu voqеa Farmatsеvtika bo`yicha mutaxassislarni nafaqat O`zbеkistonda, balki ba’zi O`rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo`ldi. Oliy Farmatsеvtik ta’lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorash bo’yicha dastur tayyorlandi. 1937-yildan boshlab dirеktor vazifasini Е.U.Shurpе, P.F.Arxangelskiy, A.S.Valinskiy bajarishgan.


XORIJIY ABITURIENT QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI BAKALAVRIAT:

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan halqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nushadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladigan tavsiyanoma 15-iyulgacha topshiriladi. Tavsiyanomalar berilgan kundan boshlab 3 yil davomida haqiqiy hisoblanadi.

Abiturient tomonidan pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati 15-iyundan 15-iyulgacha.

Suxbat asosida.

XORIJIY ABITURIENT QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI MAGISTRATURA:

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalari g‘oliblari asl nushadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Abiturient tomonidan pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati 1-iyuldan 30-iyulgacha.

Suxbat asosida.


BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:

1. 5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha);

Blok I (3,2 ball)     Blok II (3,1 ball)

Kimyo            Biologiya

2. 5111000 – Professional ta’lim (farmatsiya);

Blok I (3,2 ball)     Blok II (3,1 ball)

Biologiya            Kimyo

3. 5510600- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha);

Blok I (3,2 ball)     Blok II (3,1 ball)

Kimyo            Biologiya

4. 5320500- Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya);

Blok I (3,2 ball)       Blok II (3,1 ball)

Kimyo                 Biologiya

5. 5310900- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo‘yicha);

Blok I (3,2 ball)     Blok II (3,1 ball)

Kimyo            Biologiya


“Toshkent farmatsevtika talabalar turar joyi”

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga etkazishga ko‘maklashishdan iborat ekan, bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, etarli shart-sharoitlar bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Toshkent farmatsevtika institutida ham so‘ngi 2 yil davomida bunyodkorlik, obodonlashtirish va o‘quv binolarida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi.

Institut hududida qayta ta’mirlangan va zamonaviy shart-sharoitlarini o‘zida mujassam etgan 1-talabalar turar joyi tubdan yangi qiyofa kasb etdi. Yangi barpo etilgan 1-talabalar turar joyi zamonaviy turur joyga aylantirish barobarida, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. SHuningdek, 1-talabalar turar joyida ham ta’mirlash ishlari olib borilib, talabalarning yashashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.