Toshkent davlat transport universiteti haqida nimani bilasiz?

Toshkent davlat transport universiteti haqida nimani bilasiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2020 yildagi PQ-4703-sonli farmoniga muvofiq, transport vazirining 05/20/2020 yildagi 96-sonli buyrug‘i bilan Toshkent temir yo‘l instituti bazasida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi.

Ayni paytda universitetda katta sport majmuasi, yotoqxonalar va oshxona mavjud.

74 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar va 51 ta mutaxassislik  bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Universitetda 9 ta fakultet mavjud . Ularda 14074 dan ortiq kishi tahsil oladi, shundan 13765 nafari bakalavr va 308 nafar magistratura talabasi.

Universitetning ilmiy-pedagogik tarkibi 1000 kishidan ortiq, 55 ta  fan doktori – professor, 185 ta fan nomzodi – dotsent, 481 ta katta o‘qituvchi va assistentlar.

Toshkent davlat transport universitetida 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 2425 oʻrin ajratilgan. Shundan 667 tasi grant joylari uchun, 1758 tasi esa kontrakt uchun.

2022-2023-o‘quv yili uchun kirish ballari statistikasi

Kunduzgi ta’lim shaklining ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida grant uchun eng yuqori o‘tish bali  - 184,6(Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi), eng past ball esa 76,5(Intellektual muhandislik tizimlari: avtomobil transporti). Kontrak uchun eng yuqori o‘tish bali – 165,8 (Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi), eng past kirish bali esa 56,9(Intellektual muhandislik tizimlari: avtomobil transporti) bo‘lgan.

Sirtqi ta’lim shaklining ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida kontrak uchun eng yuqori o‘tish bali - 98,6(Transport tashishni boshqarish va tashkil etish), eng past kirish bali esa 66,3(Aviatsiya injiniringi).

Kunduzgi ta’lim shaklining ta’lim tili rus tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida grant eng yuqori ball - 166,9 (Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi), eng past ball esa 68,1 (Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji). Kontrak eng yuqori o‘tish bali 131,1 (Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi) eng past kirish bali esa 57,0 (Texnologik jarayonlae va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqqrish: temir yoʻl transporti) boʻlgan.

Sirtqi ta’lim shaklining ta’lim tili rus tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida kontrak uchun eng yuqori o‘tish bali - 69,7 (Transport tashishni boshqarish va tashkil etish), eng past kirish bali esa 62,2 (Aviatsiya injiniringi)boʻlgan.

Universitet kirish uchun abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida DTM ning namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.

Toshkent davlat transport universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 so‘m;
  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1 207 461 so‘m;
  • Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;
  • 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;
  • alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda.

Toshkent davlat transport universiteti xorijiy davlatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, xususan:

  • Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan qo‘shma dasturlar (Fransiya),
  • Qozon federal universiteti bilan qo‘shma dasturlar (Yelabuga, Rossiya),
  • Belorus davlat aviatsiya akademiyasi (Minsk, Belorus)

kabilar bilan qoʻshma dasturlar asosida oʻqishni yoʻlga qoʻygan.