Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universiteti

Oliygoh haqida: 1930-yil 26-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet tarkibidagi Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.1991-yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Hozirgi kunda universitet tarkibida 8 ta fakultet, 22 ta kafedra, 5 ta markaz, 26 ta bo‘lim faoliyat yuritadi.


Talabalar soni: 13600 nafar

Yo’nalishlar soni: 44 ta

Yotoqxona: mavjud

Ta’lim tili: o‘zbek, rus

Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi


Bakalavr:

Qabul soni: Toshkent davlat agrar universitetida 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 2858 oʻrin ajratilgan. Shundan 748 tasi grant joylari uchun, 2110 tasi esa kontrakt uchun.

Toshkent davlat agrar universitetida Qabul 2023/2024:

-Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

-Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.*

-Stipendiya: Toshkent davlat agrar universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida DTM ning namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.


Magistratura:

·      Talabalar soni: 393 nafar

·      Mutaxassislik: 37 ta

·      Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Xorijiy hamkorliklar: Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ularga asosan universitetning talabalari Germaniya, Rossiya singari davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda.

2020-yilda AQSH, Rossiya va Belorussiyaning 4 ta OTMlari bilan hamkorlik shartnomalariga asosan 5 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etildi.

-       WSB universiteti(Polsha)

-       Vitautas Magnus Universiteti(Litva)

-       Irkutsk davlat agrar universiteti(Rossiya)

-       Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti(Latviya)

-       Missisipi shtati universiteti. (AQSH)