Toshkent davlat agrar universiteti haqida nimani bilasiz?

Toshkent davlat agrar universiteti haqida nimani bilasiz?

Toshkent davlat agrar universitetining shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918-yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida – qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930-yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.

1991-yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi.

Universitet tarkibida 7 ta fakultet mavjud: Agronomiya, Seleksiya urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, O‘rmonchilik va dorivor o‘simliklar, Zootexniya va ipakchilik, Agroinjeneriya,  Qishloq xo‘jaligida menejment.

Filiallari:

  • Nukus — 2003-yil,
  • Termiz — 2017-yil,
  • Samarqand — 2020-yil,

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

Shuningdek:

  • 3 ta akademik litsey;
  • 15 ta agrotexnologiya texnikumlari;
  • 5 ta markaz;
  • 7 ta fakultet va 30 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.

2020-yilda Respublika oliy taʼlim muassasalari milliy reytingida 57 ta oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida Toshkent davlat agrar universiteti 5 o‘rinni egallab, 1 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

2022-2023-o‘quv yili uchun kirish ballari statistikasi

Kunduzgi ta’lim shaklining ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida grant uchun eng yuqori o‘tish bali  - 172,3(Yurisprudensiya: qishloq xoʻjaligi huquqi), eng past ball esa 60,0(Metrologiya, standardlashtirish va mahsulot sifati menejmenti: mahsulot turlari boʻyicha). Kontrak uchun eng yuqori o’tish bali – 143,8 (Yurisprudensiya: qishloq xoʻjaligi huquqi), eng past kirish bali esa 80,5(Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish) bo‘lgan.

Sirtqi ta’lim shaklining ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida kontrakt uchun eng yuqori o’tish bali - 123,8(Agroturizm), eng past kirish bali esa 66,6(Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish).

Kunduzgi ta’lim shaklining ta’lim tili rus tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida grant eng yuqori ball - 123,8 (Agrobiznes va investitsion faoliyat), eng past ball esa 70,2 (Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish). Kontrakt eng yuqori o’tish bali 90,6 (Agrobiznes va investitsion faoliyat) eng past kirish bali  esa 59,8 (Oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini) boʻlgan.

Sirtqi ta’lim shaklining ta’lim tili rus tili bo‘lgan yo‘nalishlar ichida kontrakt uchun eng yuqori o’tish bali - 80,3 (Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti), eng past kirish bali esa 69,8(Veterinariya meditsinasi: faoliyat turlari boʻyicha) boʻlgan.

Hozirgi kunda muassasada xalqaro munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ularga asosan universitetning talabalari Germaniya, Rossiya singari davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda, professor-o‘qituvchilar dunyoning turli davlatlariga halqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishmoqda.

2020-yilda AQSH, Rossiya va Belorussiyaning 4 ta OTMlari bilan hamkorlik shartnomalariga asosan 5 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etildi.

2022/2023-o'quv yilida toshkent davlat agrar universitetida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta’lim dasturlari bo'yicha qabul parametrlari.

Toshkent agrar universitetida 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 2858 oʻrin ajratilgan. Shundan 748 tasi grant joylari uchun, 2110 tasi esa kontrakt uchun.

Universitet kirish uchun abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida DTM ning namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.

Talabalar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxonasi mavjud.

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 so‘m
  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1 207 461 so‘m;
  • Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;
  • 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda