Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti ga 2023-2024 qabul)

Samarqand davlat universitetiga onlayn hujjat topshirish 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Universitetga hujjatlar "bilim va malakalarni baholash agentligi" tomonidan onlayn ravishda topshiriladi.


Samarqand Davlat Universiteti  tarixi:

Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq.

Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi.


Yotoqxona:

Hozirda universitetda 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 1116 o‘rinni tashkil etadi. 4-sonli talabalar turar joyi 522 o‘ringa mo‘ljallangan, 5-sonli talabalar turar joyi 394 o‘ringa mo‘ljallangan. Universitetning 4-son talabalar turar joyi hozirda rekonstruksiya qilinmoqda, 5-son talabalar turar joyi 2017-yilda, 6-sonli talabalar turar joyi 2019-yilda foydalanishga topshirilgan. Talabalar soni 12021 nafar. Shulardan universitet talabalarining 14 foizi talabalar turar joyi bilan ta’minlangan. Bu yil talabalar turar joyining oylik to‘lovi 115 500 (bir yuz besh ming besh yuz) so‘mni tashkil etadi.


Grantlar:

2023-2024 o‘quv yilida Malayziyaning 20 ta davlat va 4 ta xususiy universitetlaridan birida Malayziya xalqaro stipendiyasi (MIS) 2023 dasturi bo‘yicha magistratura va doktoranturada tahsil olishni xohlovchilar uchun grantlar e’lon qilindi.

Ushbu dastur taxminan 350 dollarlik stipendiyani o'z ichiga oladi.


Qo'shma dasturlar:

Hozirgi kunda Samarqand Davlat universiteti Rossiya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, Ispaniya, Turkiya, Islandiya kabi Davlatlarning universitetlari bilan 70 ga yaqin ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzoladi va shartnoma doirasida qo’plab xorijiy professor-o’qituvchilar, mutaxassislar va olimlar universitetga jalb qilinmoqda.


Xorijiy va nodavlat oliygohlaridan o'qishni ko'chirish "Perevod"

"Perevod" uchun qabul jarayoni boshlanish sanasi 15 - iyul va tugash sanasi 5 - avgust (shu kun ham).

Hujjatlar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Saytga yuklanadigan hujjatlar:

- Passport nusxasi

- Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

To'lov summasi 165 000 so'm