Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti

Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti

Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti haqida:

Dastlab institut 1959-1972 yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Buxoro kechki umumtexnika fakulteti, fakultet 1972 yil 21 iyulda Ittifoq oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilingan Qarorga asosan Toshkent politexnika institutining filialiga aylantirildi. Filial direktori lavozimiga Buxoroning asl farzandi, prof.M.N.Raxmatov tayinlangan. M.N.Raxmatov institutning birinchi g‘ishtini qo‘ygan, shu institutga asos solgan, umrining oxirigacha shu institut uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson edi.


Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Bakalavr:

Bakalavriat, kunduzgi shakl

O‘qish muddati – 4 yil

Qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlari asosida amalga oshiriladi. Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti da Kontrakt narxlari.


Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti ga kirish ballari va kvotalar!


Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Magistratura:

Hozirda 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 484 nafar talaba magistraturada ta’lim olmoqda. Shularning 248 nafari 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi.

Магистратурага қабул ҳақида баъзи маълумотларни эслатиб ўтамиз:

Ҳужжатлар magistr.edu.uz портали орқали фақат онлайн қабул қилинади, абитуриентлар ҳужжат топшириш учун ОТМга келмайди;

Магистратурада абитуриентларга 5 та мутахассислик йўналишини танлаш имконияти берилмайди. Фақат битта йўналиш танланади;

Кириш имтиҳонлари мутахассислик ҳамда чет тили фанидан бўлади. Бошқа фанлардан бўлмайди;

Магистратура имтиҳонларида максимал тўплаш мумкин бўлган балл - 250 баллни ташкил этади.

-Диплом      бали - 100 балл;

-Мутаҳассислик тест  бали - 100 балл;

-Чет тили тест бали 50 балл.

Чоп этилган мақолалар учун кириш имтиҳонларида балл берилмайди;

Ҳужжатлар қабул қилиш 5 июлдан бошланиб, 30 июлгача давом этади;


Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti Dokorantura:

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: (15 sentyabrdan 15 oktabrgacha)

  1. Ariza
  2. qisqacha biografik maʼlumotnoma;
  3. mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  5. nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
  7. Pasport kseroks nusxasi;
  8. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusining asosnomasi;
  9. Xorijiy tilni o‘zlashtirganlik guvohnomasi.


Buxoro Muhandislik-Texnologiya Institutida STIPENDIYALAR VA GRANTLAR!


Yotoqxona: mavjud