Buxoro Davlat Universiteti haqida nimalarni bilasiz?
1930-yil sentyabrda Buxoro davlat pedagogika instituti tashkil etilgan. Prezidentimizning 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-sonli Qaroriga asosan unga universitet maqomi berildi. Ayni paytda universitetda 11 ta fakultet, 50 ta kafedra va maxsus sirtqi bo‘limi hamda malaka oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta’lim tili: o‘zbek, rus, tojik
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy
Yotoqxona: mavjud
2022-2023-o‘quv yili DTM natijalariga ko‘ra Buxoro davlat universitetida grant joylari uchun talabalikka qabul qilishning eng yuqori o‘tish ko‘rsatkichi – 186,9 ball(Filologiya tillarni o‘qitish: ingliz tili);
Shartnoma asosida qabul qilishning eng past ko‘rsatkichi esa – 68,4 ball(O‘simliklarni himoya qilish – ekin turlari bo‘yicha) qayd etilgan.
Sirtqi ta‘limda bu ko‘rsatkichlar 144,7 ball (Yurisprudensiya – faoliyat turlari bo‘yicha)va 59,3 ball(Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar)ni tashkil qiladi(Sirtqi ta’limga faqat shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi).
Kechki ta’limga kirishning eng yuqori bali (Yurisprudensiya – faoliyat turlari bo‘yicha) va149.0 eng past bali (Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish) 59.5 bo‘lgan.
Abituriyentlar Universitetga kirish imtihonlarida DTM ning namunaviy test savollari orqali saralanadi.
Quyidagi jadval orqali Buxoro davlat universitetining 2022/2023 o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimidagi (alifbo tartibida) tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Buxoro davlat universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 so‘m;
- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1 207 461 so‘m;
- Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;
- 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;
- Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;
Buxoro Davalat universiteti 129 ta xorijiy OTMlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolangan. Jumladan: Rossiya Federatsiyasi 31 ta, Yaponiya 2 ta, Italiya 3 ta, Koreya 6 ta, Malayziya 6 ta, Ispaniya 1 ta,Qozog’iston 8 ta, Latviya 3 ta, Portugaliya 1 ta, Germaniya 7 ta, Turkmaniston 2 ta, Tojikiston 7 ta, AQSH 4 ta, Turkiya 8 ta, Qirg’iziston 3 ta, Polsha 2 ta, Indoneziya 19 ta, Isroil 1 ta, Avstriya 1 ta, Bolgariya 2 ta, Fransiya 1 ta, Janubiy Koreya 4 ta, Singapur 1 ta, Hindiston 1 ta, Xitoy Xalq Respublikasi 2 ta, Belorusiya 1 ta, Buyuk Britaniya 2 ta, Belgiya 1 ta, Ukraina 1 ta, Finlandiya 1 ta, Vengriya 4 ta, Praga 1 ta.
Manzil: Buxoro sh. M.Iqbol ko‘chasi 11-uy