Urganch davlat universiteti

Urganch davlat universiteti

Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.

Oliygohda 11 ta fakultet, 41 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda 47 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 21 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Urganch davlat universitetida quyidagi fakultetlar mavjud:

· Fizika-matematika;

· Filologiya;

· Xorijiy filologiya;

· Texnika;

· Pedagogika;

· Tabiiy fanlar;

· Tarix;

· Turizm va iqtisodiyot;

· Kimyoviy texnologiyalar;

· San’atshunoslik;

· Jismoniy madaniyat;

· Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi.

2022-2023-o‘quv yili DTM savollari natijalariga ko‘ra Urganch davlat universitetida grant joylari uchun talabalikka qabul qilishning eng yuqori o‘tish ko‘rsatkichi – 178,1 ball(Filologiya tillarni o‘qitish: ingliz tili);

Shartnoma asosida qabul qilishning eng past ko‘rsatkichi esa – 70,4 ball(O‘simliklarni himoya qilish – ekin turlari bo‘yicha) qayd etilgan.

Sirtqi ta‘limda bu ko‘rsatkichlar 142,1 ball (Tarix – mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) va 56,8 ball(Ijtimoiy ish – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)ni tashkil qiladi(Sirtqi ta’limga faqat shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi).

Urganch davlat universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1811191 so‘m;

- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1207461 so‘m;

- Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;

- 1-va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

- Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

Universitetda mavjud 76 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 37 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida  jami  30 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olishadi.

Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.

Manzil: O‘zbekiston, Urganch shahar, 220100, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy