Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) tarixi:

Bugunga qadar institutda turli sohalar bo‘yicha 35 mingdan ortiq mutaxassislar tayyorlandi va ular mamlakatimizning arxitektura, qurilish va boshqa sohalarni kadrlar bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan asosiy maqsad – institutga chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda rivojlangan mamlakatlarning arxitektura va qurilish sohasidagi OTMlarining boy tajribasini o‘rganib, institutda ta’lim sifatini oshirishga erishishdir.


Toshkent arxitektura-qurilish institutiga kirish uchun topshiriladigan hujjarlar ro'yxati: Qabul 2023/2024

Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abituriyent oliy taʼlim muassasasi kirish uchun https://my.dtm.uz/#/pages/login ga quyidagi hujjat ma'lumotlarini kiritadi:

*Pasport;

*Diplom yoki attestat;

*Agar qandaydir imtiyozlar (olimpiada, tanlovlar g'olibligi yoki harbiy imtiyozlar, nogironlik va shu kabilar) mavjud bo'lsa, buni tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar qabuli 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi


Magistratura:

Kerakli hujjatlar ro'yxati:

Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abituriyent oliy taʼlim muassasasi magistratura bosqichiga kirish uchun http://magistr.edu.uz/ ga quyidagi hujjat ma'lumotlarini kiritadi:

*Pasport;

*Diplom;

*Agar qandaydir imtiyozlar (olimpiada, tanlovlar g'olibligi yoki harbiy imtiyozlar, nogironlik va shu kabilar) mavjud bo'lsa, buni tasdiqlovchi hujjat.


Xalqaro aloqalari haqida:

Hozirgi kunda institut  xorijiy mamlakatlarning  78ta  nufuzli OTMlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalar o‘rnatgan, jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi davlatlarning qator nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.  Ayni vaqtda institutda Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida 3 ta loyiha mavjud.


Toshkent arxitektura-qurilish instituti yotoqxonasi: Mavjud