Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU)

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU)

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU) haqdia:

1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik  Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirildi, bu institut 1962—1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 1605 oʻrin ajratilgan. Shundan 151 tasi grant joylari uchun, 1454 tasi esa kontraktt uchun.

Talabalar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxonasi mavjud.


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU) ga Qabul 2023/2024:

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga qabul 20-iyundan - 20 iyulgacha davom etadi


Narxoz kirish ballari va stipendiya haqida ma'lumot-shu yerda!


Qoʻshma taʼlim dasturlari

• Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 431 nafar tahsil olayapti.

• Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishida hamda 2 ta magistratura mutaxassisligi 193 nafar tahsil olayapti.

• “MIFI” Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 2 ta magistratura mutaxassisligi 22 nafar tahsil olayapti


Yotoqxona: mavjud

Universitetda 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib jami 1303 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joylari joriy o‘quv yiliga talabalarni qabul qilishga joriy taʼmirlashdan chiqqan va tayyor holatga keltirilgan. Jumladan TTJlar shkaf, stol-stullar, koykalar o‘rnatilib, choyshablar bilan taʼminlangan, TTJlarda 19 ta oshxona, 3 ta kutubxona, 3 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar zallari, 2 ta sport xonalari, 2 ta kir yuvish va dazmollash xonalari, 95 dan ortiq yuvinish xonalari, xojatxonalar foydalanishga tayyor holatga keltirilgan. TTJda yashaganlik uchun to‘lov miqdori universitet Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib bir oyga 200 000 (ikki yuz ming) so‘m qilib belgilangan.