Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti qabul - 2023/2024

Termiz davlat universiteti qabul 20-iyundan - 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak. Hujjatga ko‘ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida: o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;

Magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi.

Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi.


Oliygoh tarixi:

Termiz davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat universitetidir. Universitetning rasmiy tashkil topilgan sanasi 1992-yil hisoblanadi. Ushbu yilda Termiz davlat pedagogika instituti asosida Termiz davlat universiteti tashkil etilgan. 1996-yilda universitetning nomi "Termiz Davlat Universiteti" deb o'zgartirilgan.


Oliygoh haqida

Universitetda 14 fakultet, 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriya, 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi, 50 oʻrinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, "Tabassum" quvnoqlar va zukkolar klubi, instituternet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona, 3 qiroatxona bor.