Samarqand Davlat Chet tillari Instituti

Samarqand Davlat Chet tillari Instituti

Samarqand Davlat Chet tillari Instituti haqida:

SamDCHTI xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan ilmiy, amaliy-pedagogik va texnikaviy sohalarda jami 45 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Har ikkala tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi dasturlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya, Olmoniya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Koreya, Yaponiya va boshqa ko‘plab davlatlar universitetlari bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda. Institut asosiy e’tiborni xorijiy universitetlar bilan professor – o‘qituvchi va talabalar almashinuvini rivojlantirishga qaratmoqda. Har yili institutimizning 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda talabalari Evropa, Amerika va Osiyo davlatlarida taxsil olishmoqdalar, yozgi ta’til davomida ishlab chiqarish jarayoni bilan va yangi texnologiyalar bilan tanishmoqdalar, xorijiy universitetlarda malakalarini oshirib qaytishmoqdalar.


Samarqand Davlat Chet tillari Institutiga Qabul 2023/2024:

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda ro’yxatdan o’tkazadi:

Guruhlar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yhati va bino va auditoriyalarning joylashishi aks etgan chizmalari o‘quv yurtlari qabul komissiyalari tomonidan test sinovlari o‘tkazilishidan uch kun oldin e’lonlar taxtasiga osiladi.

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish  20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.


Samarqand Davlat Chet tillari Institutiga kirish ballari va kvotalar- shu yerda!


Yotoqxona: Mavjud

Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yilidan talabalar turar joylariga joylashish yuzasidan arizalar berish onlayn tartibda manager.samdchti.uz platformasi orqali joriy yilning 14 sentyabridan 20 sentyabrigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar berdi.

Arizalar institut va fakultet ishchi guruhlari tavsiyasini inobatga olgan holda institut komissiyasi tomonidan 25 sentyabrga qadar ko‘rib chiqiladi.