Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Universiteti

Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Universiteti

Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Universiteti haqida:

Bugungi kunda SamDAQI tarkibida 4 ta fakultet:

Shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish fakulteti, tayyorlov kurslari, 25 ta kafedra, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, institut tarixi muzeyi va ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni ta’minlashga yo’naltirilgan boshqa bo’limlar faoliyat yuritadi. Institutda 500 dan ortiq professor-o’qituvchilar mehnat qilishmoqda. Shulardan 30 % dan ortig’i ilmiy daraja va unvonlarga yega.

SamDAQI zarur va yetarli miqdorda o’quv auditoriyalari va o’quv-laboratoriya xonalariga yega. Bundan tashqari sport zallari, tibbiy markaz, oshxona va bufetlar, sport seksiyalari va turli to’garaklar, Mironkul dam olish zonasi talabalar ixtiyoriga berilgan. SamDAQIning “Arxitektor” jamoasi respublika miqyosida o’tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.


SamDAQU ga qabul 2023/2024:

Abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.


Abituriyentdan  talab etiladigan hujjatlar:

-Passport

-Diplom yoki Attestat

-Imtiyozga ega abituriyentlar imtiyoz berish uchun asos bo'ladigan hujjatni tqadim etishi shart


Magistraturaga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

• oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetda o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);

• qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

- hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;

- Hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;

- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;

- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;

- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);

- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);

- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;

- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi;