Qarshi davlat universiteti (QDU)

Qarshi davlat universiteti (QDU)

Oliygoh haqida: Qarshi davlat universiteti (QDU)— ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Qarshi pedagogika instituti (1956-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan. Hozirgi kunda universitet tarkibida 14 ta fakultet, 53 ta kafedra, 8 ta markaz faoliyat yuritadi.


Talabalar soni: 21399

Ta’lim yo’nalishlar soni: 97 ta

Yotoqxona: mavjud

Ta’lim tili: o‘zbek, rus

Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi


Bakalavr:

Qarshi davlat universiteti (QDU)ga Qabul 2023/2024 : Qarshi davlat universitetida 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 1515 oʻrin ajratilgan. Shundan 500 tasi grant joylari uchun, 1015 tasi esa kontrakt uchun.

Hujjat qabul qilish 20 iyundan - 20 iyulgacha davom etadi.


Qarshi davlat universiteti (QDU)ga kirish ballari va kvotalari-shu yerda!


Magistratura:

·Mutaxassislik: 23 ta

·Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

·Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Xorijiy hamkorliklar: Qarshi davlat universiteti 70 dan orti xorijiy oliy ta’lim muassalari bilan memorandum va hamkorlik shartnomalari imzolagan va samarali hamkorlik olib bormoqda.