O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU)

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU)

Oliygoh haqida:

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi. Hozirgi kunda universitet tarkibida 9 ta fakultet, 46 ta kafedra faoliyat yuritadi.


Talabalar soni: 20 000 dan ortiq

Ta’lim yo’nalishlar soni: 20 ta

Yotoqxona: mavjud

Ta’lim tili: o‘zbek, rus

Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi, kechki


Bakalavr:

Qabul soni: 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 2895 oʻrin ajratilgan. Shundan 915 tasi grant joylari uchun, 1980 tasi esa kontrakt uchun.

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.*

Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida DTM ning namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.


Jahon tillariga kirish ballari


Magistratura:

·Mutaxassislik: 15 ta

·Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Xorijiy hamkorliklar: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Adigey davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Vladimir davlat universiteti, Kurgan davlat universiteti, Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Uralsk davlat tilshunoslik universiteti, Qalmiq davlat universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, universitet quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham uzoq yillik hamkorlikka ega:

-       Norvich tillar oʻqitish institute(Angliya);

-       London Metropolitan universiteti(Angliya);

-        Indiana universiteti(AQSH);

-        Yohannis Gutenburg Maynz universiteti(Germaniya);

-       Gyote institute(Germaniya);

-       Allians institute(Fransiya);

-       Versal Akademiyasi(Fransiya);

-       Kan universiteti(Fransiya);

-       Serji-Potuaz universiteti(Fransiya) va boshqalar.