Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti (O'zMU)

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti (O'zMU)

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti (O'zMU) qabul - 2023/2024

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti (O'zMU) qabul 20-iyundan - 20 iyulgacha davom etadi. Oliygohga DTMning rasmiy sayti orqali hujjat topshirishingiz mumkin bo'ladi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti (MUN) haqida:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti (MUN) O‘zbekistonning etakchi ilmiy-ta'lim muassasalari dan biridir. Universitet oliy malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borishga va davlatimizning iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 1918 yilda tashkil etilgan. Ushbu institutning bosh maqsadi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tarbiyalash va davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat ko'rsatish hisoblanadi.

2022- yildagi DTM o'tish ballari va grant ballarini quyida keltirilgan havola orqali ko'rishingiz mumkin.

Milliy universitetining kirish ballari statistikasi


O`quv uslubiy boshqarma faoliyati:

  • O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
  • Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
  • O`zMUni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
  • O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
  • Universitetda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash


Fanlar bo'yicha mezonlar:

Mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi - 3 ta majburiy fan va bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Qayd qilish joiz, mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi.

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) - 10 ta savol;

- Matematika - 10 ta savol;

- O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol;

30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93,0 ball

2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63,0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test savoli beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.

Yotoqxona haqida:

Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.