TDIUda Scopus bazasidagi nashrlarga maqola tayyorlash uchun jamoalar tashkil etiladi

TDIUda Scopus bazasidagi nashrlarga maqola tayyorlash uchun jamoalar tashkil etiladi

Chexiya Respublikasidagi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abdurahmanova Gulnora Qalandarovna boshchiligidagi ishchi guruh nufuzli xalqaro ilmiy bazalardagi nashrlarda ilmiy ishlarni chop ettirishning eng samarali yo‘llarini qo‘llash bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada Chexiya Respublikasidagi ilmiy ishlari eng ko‘p o‘qiladigan (123 738-marta), Scopus ilmiy bazasida 100dan ortiq ilmiy ishlari indeksatsiyalagan, Chexiya prezidenti tomonidan umrbod Professor unvoni berilgan Mansoor Maitah bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik doirasida Prof. Mansoor Maitah boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlaridan iborat namunaviy jamoa shakllantiriladi hamda boshqa ilmiy jamoalarni shakllantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatiladi.