Jizzax Politexnika Instituti

Jizzax Politexnika Instituti

Jizzax Politexnika Instituti haqida:

Jizzax Politexnika Instituti (Jizzakh Polytechnic Institute) 1992 yilda tashkil etilgan va O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyatida Zafarobod tumani hududida joylashgan. Bu institutning talabalari soni haqida menimcha ma'lumotim yo'q. Shuningdek, institut O'zbekistonning xorijiy tajribali o'qituvchilar tomonidan olib borilgan o'qitish uslubiga muvofiq, kasbiy tayyorgarlik sohasida talabni zamonaviy talablarini tan oladigan yuqori sifatli ta'lim beradi.


Bakalavr:

Hujjatlar qabuli 20 iyundan - 20 iyulgacha davom etadi.

Jizzax Politexnika Instituti (JisPI) kirish ballar va kvotalari!


Xalqaro hamkorlar va qo'shma dasturlar:

Quyidagi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi: Janubiy Ural davlat universiteti, don davlat texnika universiteti, Gomel davlat texnika universiteti, Brest davlat texnika universiteti, Belorusiya milliy texnika universiteti, Avstriyaning Alpen-Adra universiteti, Gdansk texnologiya universiteti – Polsha, Jilin universiteti-Slovakiya, Gamburg texnika universiteti, Berlin texnika universiteti-Germaniya

Moskva davlat qurilish universiteti - ikki yo'nalishda, Ivanovo kimyo-texnologiya universiteti - ikki yo'nalishda, Moskva energetika ilmiy - tadqiqot universiteti-ikki yo'nalishda qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha shartnomalar imzolandi va 122 talaba o'qishga qabul qilindi.


Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyi (Yotoqxona): mavjud

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyi 2017 yil Akademik litsey va Kasb-hunar kollej talabalri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod 2017” sport musobaqalari doirasida to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jizzax politexnika instituti yotoqxonasi 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda 20 tadan seksiyalar mavjud. Har bir seksiyada 2 ta xona, biri 2 kishilik, ikkinchisi 3 kishiga mo‘ljallangan. Xonalar to‘liq ta’mirlangan va talab darajasida jixozlangan.

Talabalar turar joyida 1 ta “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi mavjud bo‘lib, nizom talablari asosida to‘liq jixozlangan. Har bir qavatda 1 tadan dam olish xonalari mavjud bo‘lib televizor, yumshoq o‘rindiqlar bilan to‘liq jixozlangan.

Yotoqxona to‘liq issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan. Bundan tashqari 200 o‘rinli oshxona to‘liq jixozlangan