Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Oliygoh haqida: Toshkent texnika universiteti Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Hozirgi kunda universitet tarkibida 8 ta fakultet, 62 ta kafedra, 5 ta markaz, 17 ta bo‘lim faoliyat yuritadi.
Talabalar soni: 23268 nafar
Ta’lim yo’nalishlar soni: 50 ta
Yotoqxona: mavjud
Ta’lim tili: o‘zbek, rus
Ta’lim shakli: kunduzgi, sirtqi, kechki
Filiallari:
Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali
Toshkent davlat texnika universiteti Nukus filiali
Bakalavr:
· Qabul soni: Toshkent davlat texnika universiteti da 2022-2023-oʻquv yili uchun umumiy hisobda 4325 oʻrin ajratilgan. Shundan 770 tasi grant joylari uchun, 3555 tasi esa kontrakt uchun.
· Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.
· Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.*
Magistratura:
· Mutaxassislik soni: 71 ta
· Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati
· Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.
Xorijiy hamkorliklar: Toshkent davlat texnika universiteti har yili Rossiya federatsiyasi, Belarussiya, Xitoy va Koreya respublikasining bir qancha oliy ta’lim muassasalari,xususan:
- Kuzbass davlat texnika universiteti(Rossiya),
- Belorus davlat texnologiyalari universiteti(belarussiya),
- Belarus Milliy texnika universiteti(Belarussiya),
- “MEI” milliy tadqiqot universiteti(Rossiya),
- Don davlat texnika universiteti(Rossiya),
- North China University of Texnology(Xitoy),
Chungnam milliy universiteti(Koreya) bilan talabalarni almashlab o‘qitish bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzadi