Farg'ona Davlat Universiteti

Farg'ona Davlat  Universiteti

Farg'ona Davlat  Universiteti tarixi:

Farg‘ona davlat institutiga 1991-yil 1-mart kuni “Universitet” maqomi berilib, vodiyda birinchi universitet – Farg‘ona davlat universiteti tashkil etildi.

Universitetda ta‘lim uch til(o‘zbek, rus, tojik)da olib boriladi. Kirish imtihonlari ham shu uch til doirasida alohida bo‘lib o‘tadi.

Universitetda 19 ta yo‘nalishdan iborat sirtqi ta`lim ham mavjud. Bu ta`lim turida grant mavjud emas.


Farg'ona Davlat Universitetiga qabul (2023/2024)

Hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.


Farg'ona Davlat Universiteti kontrakt narxlari:

Kontrakt haqida ko'proq ma'lumot


Farg'ona Davlat Universiteti stupendiyalari haqida to'liq ma'lumot:

Stipendiyalar haqida ko'proq ma'lumot uchun


Talabalar yotoqxonasi: Mavjud

Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universitetida 6-ta talabalar turar joyi mavjud. Shulardan 4-TTJ hozirgi vaqtda ta’mirdan chiqarilmoqda. Shuningdek, 5 ta talabalar turar joylarida 1206 o‘rin bo‘lib, bular quyidagicha taqsimot qilingan: 1-TTJ -251ta, 2-TTJ 216 ta, 3-TTJ – 201 ta, 5-TTJ- 256 ta, 6-TTJ – 273 ta o‘rinlar mavjud.

Hozirgi kunda 6 ta talabalar turar joyida 1206 nafar talabalar istiqomat qiladi.


Fardu qo'shma dasturlari:

Farg‘ona davlat universiteti bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlariga ega. Xususan Germaniya, AQSH, Chexiya, Latviya, Slovakiya, Rossiya, Litva, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Vyetnam va MDH mamlakatlari universitetlari bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. Shu bilan birga biz oliy ta’lim sohasida Yevropa Komissiyasining Erasmus +, American Councils, USAID, British Council, DAAD, JICA, Robert German fondi va koreyaning KOICA kabi fondlari va xorijiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz.