Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti haqida (ToshDO‘TAU):

Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan "THE Impact Rankings 2022" reytingi javoblari bo'yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi. Unga ko'ra, ToshDO'TAU 17 yo’nalishdagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) orasidan sakkiztasida ishtirok etdi. Universitetimiz "Sifatli ta'lim ta'minlash (SDG4)" bo'yicha saralangan 1000 dan ziyod dunyo universitetlari orasidan faxrli 600-o'rinni egalladi, "Barqaror taraqqiyot uchun tinch va inklyuziv jamiyatlarni targ'ib qilish (SDG16)" hamda "Gender tengliga erishish (SDG 5)" bo'yicha yuqori ko'rsatgichga ega bo'ldi.


Bakalavriyat:

Universitetga hujjatlarni 20 iyundan - 20 iyulgacha davom etadi.

Amaliy filologiya, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Folklorshunoslik va shevashunoslik, Kompyuter lingvistikasi, Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili, Noshirlik ishi, O‘zbek tili va adabiyoti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili, Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili


Qo'shma Dasturlar:

Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2 yo'nalish bo'yicha qo'shma dasturlar o'z faoliyatini olib boradi:

1. “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” - 5A611501 “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” magistratura yo‘nalishi universitetimizda 2019-yildan beri faoliyat yuritadi. Hamroh universitetimiz Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya) bo‘lib, 2019 yildan beri bizning talabalar chet elda ta’lim olish imkoniyatidan foydalanmoqdalar. Ushbu dasturning yana bir afzalligi shundaki, bitiruvchilar ikkita mustaqil, ammo bir xil darajada vakolatli bo‘lgan diplomga ega bo‘ladi. Yo‘nalish talabalari ikki tilli o‘quv muhitida ta’lim oladilar. O‘quv amaliyoti talabalarning xohishiga ko‘ra O‘zbekistonda yoki hamkor universitetda amalga oshiriladi.

2."Kompyuter grafikasi va mediadizayn".- Ushbu magistratura yo‘nalishi Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Dastur 4 semestrdan iborat bo‘lib, uning afzalliklaridan biri shundaki, bitiruvchilar ikkita mustaqil, ammo bir xil darajada vakolatli bo‘lgan diplomga ega bo‘ladi. Yo‘nalish talabalari ikki tilli o‘quv muhitida ta’lim oladilar (turk va o‘zbek tillari). O‘quv amaliyoti talabalarning xohishiga ko‘ra O‘zbekistonda yoki hamkor universitetda amalga oshiriladi.

Ushbu dasturlar magistratura yo'nalishi hisoblanib, uning bitiruvchilari ikki hamkor universitetlarning mustaqil diplomlariga ega bo'ladilar.